OZBEKISTON ROSSIYA: STRATEGIK SHERIKLIKNI YANADA MUSTAHKAMLASH YOLIDA

: , , , , , , ,
OZBEKISTON  ROSSIYA: STRATEGIK SHERIKLIKNI YANADA MUSTAHKAMLASH YOLIDAOZBEKISTON  ROSSIYA: STRATEGIK SHERIKLIKNI YANADA MUSTAHKAMLASH YOLIDA

Avval xabar qilinganidek, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 10-dekabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boldi.


OZBEKISTON  ROSSIYA: STRATEGIK SHERIKLIKNI YANADA MUSTAHKAMLASH YOLIDA

Koksaroy qarorgohida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimidan song ikki davlat rahbarlari tor doirada muzokara otkazdi.

Rossiya Prezidentining ushbu tashrifini Ozbekiston Rossiya siyosiy muloqotlari va turli darajadagi uchrashuvlarning uzviy davomi, tomonlarning ozaro hamkorlikni mustahkamlash borasidagi ishlarni izchil va samarali davom ettirish tarafdori ekanining yorqin namunasi deb bilamiz, dedi Islom Karimov.

Vladimir Putin Ozbekiston Markaziy Osiyodagi yirik davlat bolib, Rossiya Federatsiyasining mintaqadagi asosiy hamkorlaridan biri ekanini takidladi.

OZBEKISTON  ROSSIYA: STRATEGIK SHERIKLIKNI YANADA MUSTAHKAMLASH YOLIDA

Bugun dunyoda vaziyat tez ozgarib, global va mintaqaviy miqyosda keskinlik va geosiyosiy qarama-qarshiliklar davom etayotgani, terrorizm, ekstremizm va radikalizm tahdidining tobora kengayib borayotgani, bularning Markaziy Osiyo hududiga bevosita yoki bilvosita tasir etishi mumkinligi inobatga olinganda, ushbu muzokaralarning dolzarbligi, ahamiyati yanada ortishi qayd etildi.

Ozbekiston bilan Rossiya ortasidagi hamkorlik mustahkam huquqiy asosga ega. 2004-yil 16-iyunda imzolangan Strategik sheriklik togrisidagi shartnoma, 2005-yil 14-noyabrda imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari togrisidagi shartnoma uning asosini tashkil qiladi. 2012-yil 4-iyunda imzolangan Strategik sheriklikni chuqurlashtirish togrisidagi deklaratsiya ozaro hamkorlik kolamini yanada kengaytirdi.

Mamlakatlarimiz ortasidagi hamkorlik barcha sohalarda izchil rivojlanmoqda. Parlamentlararo aloqalar ozaro munosabatlarni kengaytirish va huquqiy jihatdan muvofiqlashtirishda muhim orin tutmoqda.

Hukumatlararo va idoralararo tashriflar muntazamlik kasb etgan. Mamlakatlarimizning tashqi siyosat mahkamalari ortasida konstruktiv maslahatlashuvlar muntazam amalga oshirilmoqda.

Tomonlar BMT, ShHT, MDH singari xalqaro tuzilmalar doirasida izchil hamkorlik qilib kelmoqda.

Prezidentlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, jumladan, Afgoniston muammosi, shuningdek, terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Biz 35-yildan buyon birodarkushlik urushi davom etayotgan qoshni Afgonistondagi vaziyatga alohida etibor qaratdik, dedi Islom Karimov. AYSAF tinchlikparvar kuchlarining Afgonistondan olib chiqib ketilishi ushbu mamlakat bilan chegaradosh va yaqin qoshni davlatlar uchun jiddiy sinov bolishi va mintaqa xavfsizligi hamda barqarorligiga tahdidlar yuzaga kelishi bilan bogliq masalalar boyicha yondashuvlarimiz bir xil boldi. Bunday tahdidlarning oz vaqtida oldini olish, har qanday shakl va korinishdagi terrorizm va ekstremizm goyasini qabul qilmaslik muhitini yaratish, ularning paydo bolishi va tarqalishining sabablarini aniqlash hamda bartaraf etish boyicha birgalikdagi harakatlarni davom ettirish zarurligini qayd etdik.

Prezidentlar muzokarani ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdilar. Unda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida etibor qaratildi.

Rossiya Ozbekistonning yetakchi savdo sherigi bolib kelayotgani takidlandi. Mamlakatimiz jami tashqi savdo aylanmasining beshdan bir qismi, MDH davlatlari bilan savdoning yarmidan kopi Rossiya hissasiga togri keladi. 2013-yilda ozaro tovar ayirboshlash hajmi 7 milliard dollardan oshdi. Ozbekistonda rossiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda 900 ga yaqin qoshma korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning 150 dan ortigi tola ushbu mamlakat sarmoyasi asosida tuzilgan.

Yurtimizda Rossiyaning Vimpelkom, MTS kabi transmilliy kompaniyalari muvaffaqiyatli ish yuritmoqda. Rossiyaning keyingi 15-yilda Ozbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalari hajmi 8 milliard dollarni tashkil etadi.

Ozbekiston ham, Rossiya ham yoqilgi-energetika sohasida ulkan salohiyatga ega. Bu mazkur yonalishdagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Rossiyaning Lukoyl va Gazprom kabi neft-gaz kompaniyalari mamlakatimizdagi uglevodorod konlarini qidirish va ozlashtirish borasida faoliyat olib bormoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xojaligi, sogliqni saqlash, farmatsevtika sohalarida ham uzoq muddatli va ozaro manfaatli loyihalar amalga oshirilmoqda.

Muzokaralarda tovar ayirboshlashni yanada kopaytirish va diversifikatsiya qilish, sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish, transport va tranzit tashish sohasidagi aloqalarni kengaytirishga doir masalalar muhokama qilindi. Mamlakatlarimizda ozaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun hali tola foydalanilmayotgan imkoniyatlar kopligi, ularni ishga solish ikki tomon uchun ham manfaat keltirishi takidlandi.

Madaniy-gumanitar va talim sohalaridagi hamkorlik ham izchil rivojlanmoqda. Toshkentda M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, I.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiallari faoliyat korsatmoqda.

Tomonlar madaniyat, ilm-fan, talim, sport va turizm boyicha vazirlik va idoralar ortasidagi aloqalarni kengaytirish, ilmiy-tadqiqot muassasalari ortasidagi munosabatlarni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

OZBEKISTON  ROSSIYA: STRATEGIK SHERIKLIKNI YANADA MUSTAHKAMLASH YOLIDA

Muzokaralar yakunida 2015-2019-yillarda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirishning asosiy yonalishlari, moliyaviy talab va majburiyatlarni tartibga solishga oid hukumatlararo bitimlar va boshqa hujjatlar imzolandi.

Islom Karimov va Vladimir Putin ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda muzokaralar ochiq va ozaro ishonch ruhida otganini, mintaqaviy xavfsizlikni taminlash va hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashilganini takidladilar. Bu ozaro munosabatlarning bugungi holatini baholash, kop qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yonalishlarini aniqlab olish imkonini berdi. Korib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tomonlarning pozitsiyasi hamda fikrlari yaqinligi yoki bir xilligi qayd etildi.

Shu bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning Ozbekistonga rasmiy tashrifi yakuniga yetdi. Oliy darajadagi muloqotlarning uzviy davomi bolgan ushbu uchrashuvda mamlakatlarimiz ortasidagi strategik munosabatlarning muhim yonalishlari va uzoq istiqbollari belgilab olindi. Bu Ozbekiston va Rossiya xalqlari manfaatiga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
11-12-2014, 11:06 | 1963
| |
: 0

advertisement