Faxriylarga ehtirom korsatildi

: , ,
Faxriylarga ehtirom korsatildiFaxriylarga ehtirom korsatildi


Inson tarixiy xotirasiz yasholmaydi..



Faxriylarga ehtirom korsatildi

Ozining, oz ajdodlarining otmishini, ota-bobolarining ezgu ishlarini, jasoratini yaxshi bilgan va ular jasoratidan doimo faxrlangan kishigina oz otmish ajdodlariga munosib bolishga, hayot qiyinchiliklarini engishga, ularning ananalarini davom ettirishga intiladi. Ona yurtini qadrlashni, uni koz qorachig`idek asrashni oliy maqsad deb biladi. Mamlakatimizda muhtaram Yurtboshimizning tashabbuslari bilan ananaga aylangan hamda muntazam ravishda nishonlanib kelinayotgan Xotira va qadrlash kuni mazmun mohiyatida ham shu narsa mujassam.

Tarixga nazar soladigan bolsak, insoniyat boshiga katta ofat yog`dirgan ikkinchi jahon urushiga qarshi ayovsiz janglarda 74 mingdan ziyod buxoroliklar ham ishtirok etgan edilar. Afsuski, ularning 35 ming nafaridan koprog`i qahramonlarcha halok boldi va qabrlari ozga yurtlarda qolib ketdi.

Faxriylarga ehtirom korsatildi

Mashum urushda el erki va Vatan shanini munosib himoya qilib, ortiga zafar bilan qaytgan, fidokorona mehnati bilan mamlakat iqtisodini qayta tiklash yolida faollik korsatib, dorilomon kunlarimizga yetib kelgan viloyatimizdagi 161 nafar urush qatnashchisi bugun oilamiz fayzi va korki, piru badavlat nuroniysi sifatida yosh avlod uchun mardlik va jasorat, iroda va matonatning jonli timsoli bolib turibdilar. Shu kunlarda muhtaram Prezidentimizning 2015 yil 19 fevraldagi Ozbekiston Respublikasi fuqarolari 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini Ikkinchi jahon urushidagi Galabaning 70 yilligi esdalik yubiley medali bilan mukofotlash togrisidagi hamda 2015 yil 6 martda qabul qilingan 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilarini ragbatlantirish togrisidagi farmonlariga asosan Respublikamizdagi urush qatnashchilari va nogironlariga esdalik yubiley medallari hamda pul mukofotlari tantanali suratda topshirilmoqda.

Kuni kecha Buxoro shahridagi Buxoro qahvaxonasida viloyatimizdagi bir guruh ikkinchi jahon urushi faxriylariga ana shunday yubiley medallari hamda pul mukofotlarini topshirish marosimi bolib otdi.

Faxriylarga ehtirom korsatildi

Marosimda viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati azosi M. Esanov tadbir qatnashchilarini Keksalarni ezozlash yili, 9 may Xotira va qadrlash kuni bilan qutlab, ularga Yurtboshimizning yuksak etiroflari esdalik yubiley medallari hamda pul mukofotlarini topshirdi.
Shuningdek viloyat rahbari shu kuni mazkur marosimda qatnashish imkoniyatiga ega bolmagan tort nafar urush faxriysining xonadoniga tashrif buyurib, ularga ham esdalik yubiley medallari va qimmatbaho sovgalarni taqdim etdi.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini taqdirlashga bagishlangan bu kabi tadbirlar viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida otkazilmoqda.

Faxriylarga ehtirom korsatildi


Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati
16.04.2015
16-04-2015, 22:11 | 762
| |
: 0

advertisement