Jahon uzra yangramoqda Sharq taronalari

: , , , , ,
Jahon uzra yangramoqda Sharq taronalariJahon uzra yangramoqda Sharq taronalari

Samarqand shahrida Sharq taronalari X xalqaro musiqa festivaliga qizgin hozirlik korilmoqda


Jahon uzra yangramoqda Sharq taronalari

Samarqand shahrida Sharq taronalari X xalqaro musiqa festivaliga qizgin hozirlik korilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilib, 1997-yildan buyon har ikki yilda muntazam otkazib kelinayotgan mazkur nufuzli musiqa anjumani xalqimizning milliy musiqa sanati ananalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, shuningdek, tili, madaniyati, urf-odatlari turlicha bolgan xalqlarni sanat vositasida birlashtirish, ularni gozallik, nafosat va ezgulikka davat etishga xizmat qilmoqda.

Sharq taronalari I xalqaro musiqa festivali golibi, Ozbekiston xalq artisti Munojot Yolchiyeva mazkur festival haqida OzA muxbiriga quyidagilarni sozlab berdi:

Musiqa inson ongi va qalbida chuqur aks-sado berib, uni olijanob maqsadlar sari ilhomlantiradigan, ezgulikka davat etadigan qudratli kuchdir. Prezidentimiz Islom Karimov tabiri bilan aytganda, musiqa sanatisiz ruhiy kamolotga erishib bolmaydi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Sharq taronalari xalqaro musiqa festivali ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qilayotir. Ushbu musiqa bayrami xalqimizni dunyo xalqlari musiqa sanatidan bahramand qilish, jahon musiqa sanatida kechayotgan ijodiy jarayonlarni atroflicha organish, oz navbatida, betakror milliy sanatimizni olamga namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

1997-yili otkazilgan Sharq taronalari I xalqaro musiqa festivalida maqom yonalishida Alisher Navoiy gazali bilan aytiluvchi Ushshoq, Miskin gazali bilan Ey, dilbari jononim ashulalarini ijro etgandim. Bu qoshiqlar turli millat va elat vakillari olqishiga sazovor boldi. Bu ozbek mumtoz qoshiqchiligining jozibasi, sehri, betakrorligi bilan bogliq. Mumtoz musiqamiz kishi ruhiyati, manaviyatiga ijobiy tasir otkazuvchi qudratga ega. U insonni manaviy poklikka, ezgulikka davat etadi, tinglovchini borliq, hayotning mazmun-mohiyatini anglab yetish kabi chuqur falsafiy mushohadaga undaydi. Odam ozida yangilanish, yasharishni his qiladi.

Sharq taronalari xalqaro musiqa festivalida erishgan muvaffaqiyatim ijodiy faoliyatimda alohida ajralib turadi. Sababi, har bir sanatkor oz yurtida otkaziladigan nufuzli xalqaro anjumanda golib bolishni chin dildan istaydi, ulkan masuliyat yukini his etadi.
Jahon uzra yangramoqda Sharq taronalari


Angliyada otgan konsertlarimning birida Ushshoqni old qatorda otirgan nuroniy otaxon shunchalar berilib tingladiki, ovozimga ovoz qoshildi. Konsert tugagach, osha otaxon yonimga keldi. U kishi kop yillar falaj bolib yotgan ekan. Bir kuni unga dostlari ushbu ashula yozilgan diskni sovga qilibdi. Otaxon har kuni Ushshoqni eshitib, unga batamom maftun bolibdi. Qoshiqning manosini sorab bilgach, oshuftaligi yanada ortibdi. Otaxon kozda yosh bilan Ishoning qizim, mumtoz ashulangiz menga davo boldi, bugun ilk marta oz oyogim bilan yurib kochaga chiqdim, dedi. Bu gaplarga biron narsa qoshish, izohlash ortiqcha, deb oylayman.

Mazkur festival sabab koplab mamlakatlar xonandalari, bastakor va sanatshunos olimlari bilan yaqin ijodiy muloqotda boldik.

Sharq taronalari kuy-qoshiqlar vositasida insoniyatni tinchlik, insonparvarlik, manaviy komillik yolida birlashtirmoqda. Bugungi murakkab zamonda xalqlar ortasida dostlik, hamkorlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Festival jahondagi nufuzli musiqa anjumanlari qatoridan allaqachon joy olib ulgurdi. Uning YuNESKO shafeligida otkazilayotgani, mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, mashhur sanat namoyandalarining bu festivalga qiziqishi va etibori tobora ortib borayotgani sozimiz isbotidir. 1997-yilda otkazilgan birinchi festivalda 31 mamlakat vakillari qatnashgan bolsa, joriy yilda oltmishdan ortiq davlatdan musiqa va qoshiqchilik ananalarini davom ettirib kelayotgan ijodiy jamoalar oz dasturlari bilan qatnashishi kutilmoqda.

Texnika va texnologiya jadal taraqqiy etayotgan, madaniyatlar ortasidagi ziddiyatlar tobora kuchayayotgan bugungi zamonda sanatning biron-bir talab va mezonlariga javob bermaydigan asarlar paydo bolayotgani, ayrim yosh ijrochilar mavzu, musiqa, ijro usuli, sahna harakatlarida ommaviy madaniyat korinishlariga taqlid qilayotgani dilni xira qiladi. Bu yosh avlodning estetik didi va saviyasini otmaslashtiradi, ongi va qalbi, manaviyatiga zang tushiradi.

Mazkur jarayonda mumtoz merosimizni asrab-avaylash, uni yoshlarga bezavol yetkazish, milliy va umumbashariy musiqa sanati yutuqlarini, jahon qoshiqchilik sanati ananalarini organish muhim ahamiyat kasb etadi. Sharq taronalari xalqaro musiqa festivali ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qilayotgani, kelajagimiz vorislari qalbida buyuk madaniyatimiz va sanatimizdan faxrlanish tuygusini, dostlik, ezgulik, mehr-muruvvat rishtalarini mustahkamlayotgani bir sanatkor sifatida meni goyat quvontiradi.

Sharq taronalari festivali eng ulug, eng aziz ayyom Mustaqillik bayrami arafasida otkazilishida ham oziga xos ramziy mano bor. Chunki mazkur xalqaro musiqa festivaliga aynan mustaqillik yillarida asos solindi va bu festival istiqlolimiz bilan birga kamol topib bormoqda. Ushbu musiqa anjumanida xalqimiz erishayotgan yutuqlar, tinch-osuda, tokin va farovon hayotimiz, qayta qadr topgan anana va qadriyatlarimiz bor boy-basti bilan namoyon bolmoqda.

Sharq taronalari xalqaro musiqa festivalining Samarqanddan ozga shaharda otkazilishini tasavvur eta olmayman. Zero, bu kohna shahar Sharq musiqasi, falsafasi, manaviyat, ilm-marifatga bolgan intilishlarni ozida mujassam etgan dunyo tamadduni beshigidir.

Musiqa bayrami arafasida Samarqand yanada fayzli va obod, ozoda, maftunkor qiyofaga kiradi. Istirohat boglari, fusunkor favvoralar, tokin-sochin bozorlar qadimiy va gozal obidalar, yurtdoshlarimizning mamnun va baxtiyor chehrasi, tabir joiz bolsa, faqat Samarqandgagina xos ajib manaviy muhit festivalga ozgacha shukuh, kotarinkilik baxsh etadi. Ushbu muhit sabab inson qalbiga eng ezgu, eng begubor tuygular inadi. Xayolda mumtoz kuy-qoshiqlarimiz yangrayveradi. Qolaversa, Samarqand shahrini nodir va betakror, gozal qoshiqqa, goyat mukammal musiqa asariga qiyoslash mumkin.

Mazkur festival otgan yillar mobaynida onlab istedodlarni kashf etdi. Bugun milliy musiqa sanatimizning yetuk namoyandalariga aylangan ijodkorlar hayoti va ijodida yangi sahifalarni ochdi. Nasiba Sattorova, Soyibjon Niyozov, Abdunabi Ibrohimov, Nodira Pirmatova, Matluba Dadaboyeva kabi hofizlar nomlarini bugun nafaqat mamlakatimiz, balki xorijlik sanat ixlosmandlari ham chuqur hurmat bilan tilga oladi. Ular chet davlatlarda otayotgan nufuzli musiqa anjumanlarida ozlarining mahorat va iqtidorini namoyon etib, milliy sanatimiz kuch-qudratini, hayotbaxsh sehrini olamga yoyayotganidan quvonasan kishi.

Sharq taronalari xalqaro musiqa festivali jahon musiqasi taraqqiyotiga ham beqiyos hissa qoshayotganini alohida takidlamoq zarur. Yurtimizda otayotgan ushbu anjuman tufayli dunyoning koplab davlatlarida milliy qoshiqchilik sanatini rivojlantirishga etibor va ragbat yanada kuchaydi. Kohna zamin sayqali Samarqandda otadigan xalqaro musiqa festivaliga bolgan qiziqish chet ellik sanatkorlarning oz ijodini yanada boyitishiga turtki boldi. Sharq taronalari festivallarida ishtirok etgan pokistonlik Abida Parvil, kuvaytlik Favzi Allanqaviy, eronlik Fozil Jamshidiy, amerikalik Tini Big Mauntin, ozarbayjonlik Olim Qosimov, bangladeshlik Mushfiq Ahmad Shamim va boshqa onlab ijodkorlarning kuy-qoshiqlari bugun jahon xalqlarining musiqiy merosiga aylandi. Zero, Registonda yangragan Sharq taronalari jahon uzra keng yoyilmoqda.

Ushbu musiqa anjumani mamlakatimizda sanat yoliga qadam qoygan yosh ijrochilarning milliy maqomchilik sanatiga bolgan mehrini oshirish, mahoratini charxlashda ayni muddao bolmoqda. Bugun yurtimizning turli hududlaridagi musiqa maktablarida sanat sirlarini organayotgan minglab yoshlar Sharq taronalari festivali havosidan nafas olgan, tajriba-mahoratini oshirgan ustoz-sanatkorlarga ergashib ijod qilmoqda.

Tinch bogning bulbuli kop boladi, deydi xalqimiz. Zero, tinch-totuv va farovon yurtdagina sanatkorlar joshqin ilhom bilan, zavq-shavq ila kuylaydi. Bunga Ozbekiston sanatkorlari erishayotgan yutuqlar, ularning olamshumul ijodi yorqin misoldir.

Dilshod Karimov, OzA
21-06-2015, 02:12 | 1170
| |
: 0

advertisement