Prezident Islom Karimovning Navroz bayramiga bagishlangan tantanali marosimdagi tabrik sozi

: ,
Prezident Islom Karimovning Navroz bayramiga bagishlangan tantanali marosimdagi tabrik soziPrezident Islom Karimovning Navroz bayramiga bagishlangan tantanali marosimdagi tabrik sozi



Aziz yurtdoshlarim, qadrdonlarim!
Muhtaram mehmonlar!




Biz Vatanimiz va el-yurtimizning tarixiy sana va ayyomlariga bagishlangan bayramlarni katta tayyorgarlik va xursandchilik bilan otkazamiz.

Lekin, hech ikkilanmasdan aytish mumkin: ayni shu kunlarda qutlug qadamlari bilan diyorimizga kirib kelayotgan, bahor, yasharish va yangilanish ramzi, sharqona yangi yil debochasi bolmish Navrozi olamni kutib olish va otkazish marosimlari va xursandchiligini hech qaysi bayram bilan solishtirib, qiyoslab bolmaydi, albatta.

Bugun, shu fursatdan foydalanib, mana shu gozal maydonda bayramona kayfiyat bilan jamuljam bolib otirgan siz, azizlarga, sizlarning timsolingizda butun xalqimizga ozimning chuqur hurmat-ehtiromimni, mehr-muhabbatimni bildirib, Navroz ayyomi bilan tabriklash men uchun katta baxt.

Aziz dostlarim!

Navroz ayyomini xalqimiz naqadar orziqib va intizor bolib kutib olayotgani, bu bayramni eng qadimiy va asl milliy bayram sifatida ana shunday ardoqlab otkazishimiz, hech shubhasiz, bejiz emas va bunda chuqur mano-mazmun bor.

Buning sababini avvalo Navroz goyalarida ming yillar davomida, Avesto zamonlaridan buyon xalqimizning bezavol saqlanib kelayotgan qadimiy urf-odat va udumlari mujassam topganida, hamohang bolganida korishimiz darkor.

Bunday munosabat avvalo kohna va buyuk tariximizga, ulug ajdodlarimiz qoldirgan merosga, boy madaniyatimizga hurmat-ehtirom bilan qarash deganidir. Shu bilan birga, bunday munosabat uzoq va yaqin otmishimiz davomida, ota murakkab damlarda qanday qiyin bolmasin, qanday ogir sinovlardan otishga togri kelmasin, muqaddas qadriyatlarimizga xiyonat qilmasdan, ularga doimo sadoqatli bolib yashayotganimiz, ularni ezozlab, avaylab, yangi avlodga yetkazib kelayotganimizning yorqin ifodasi va tasdigidir, desak, ayni haqiqatni aytgan bolamiz.

Navrozi olam olkamizga qadam qoyishi bilan har birimiz yon-atrofimizdagi mavjudotning uygonishi, kurtaklar va gul-chechaklar ochilishi, yeru kok bagrida yuz berayotgan ozgarishlardan, bahor nafasidan bahramand bolamiz, ona tabiatimizning uzviy va ajralmas bir qismi ekanimizni beixtiyor chuqur his qilamiz.

Ayni shu pallada xuddiki tabiat olami bilan uygun va mushtarak bolib, bu osuda hayotni har bir kunining qadriga yetib, shukronalik hissiyoti bilan yashash kerakligini yana va yana bir bor anglaymiz.

Bunday ajoyib lahzalarda millati, tili, dinidan qati nazar, yurtimizda yashayotgan har qaysi inson, har qaysi oila shodu xurramlik bilan bahor soginchi va orzu-niyatlarini, yorug chehrasini namoyon etishga intiladi.

Shu fayzli, shodiyona kunlarda har qanday gina va arazlar, nizo va adovatlar unutiladi, yurtdoshlarimiz sumalak, halim, koksomsa kabi tansiq taomlar tortilgan dasturxonlar atrofida toplanib, qalbini dunyoga keng ochib, Navroz nematlarini, bayram quvonchini yaqinlari, yoru birodarlari bilan baham korishni istaydi.

Barcha-barchaga sogliq-omonlik, baxt-saodat tilaydi, tabarruk keksalarni ziyorat qilishga, ularning duosini olishga hozir boladi.

Shu motabar ayyomda bemorlar, yetim-esirlarning, muhtoj insonlarning konglini, ruhini kotarish, barcha savob ishlarni amalga oshirish bularning hammasi xalqimizning qon-qoni, ong-ongiga singib ketganidan, yaxshilik va ezgulikni doimo yuragida saqlab kelayotganidan darak beradi.

Ayni shunday paytlarda ozimga ozim bir savol beraman. Dunyoda bizning mehribon, mehmondost xalqimizga oxshagan xalqni topish mumkinmi ozi? Aminman hech qachon!

Aziz dostlarim, birodarlarim, bizning xalqimiz nimani istaydi? Avvalo, oz yurtida va qoshni mintaqalarda, butun olamda tinchlik-osoyishtalik hukm surishini, turli-turli hududlarda davom etayotgan mojaro va qarama-qarshiliklar kuch ishlatmasdan, faqatgina tinchlik yoli bilan, siyosiy muzokaralar yoli bilan hal qilinishini xohlaydi.

Oz osmonining musaffo bolishini, tinchlik barqaror bolgan hayotni istaydigan xalqimiz ozgalarga ham ayni shunday tilaklarni ravo koradi.

Fursatdan foydalanib, bizga hurmat va ehtirom korsatib, bugun mana shu davrada otirgan chet davlatlarning muhtaram elchilarini, xalqaro tashkilotlar vakillarini, butun diplomatik korpusni, olis va yaqindagi mamlakatlarning xalqlarini Navroz bayrami bilan tabriklab, ularga ravnaq va farovonlik tilashga ijozat bergaysiz.

Muhtaram dostlarim!

Mening istagim mana shu shukuhli, tarovat sochilib turgan damlarda shu muazzam bogda bizga mehr bilan boqib turgan buyuk Alisher Navoiy bobomizning Har kunimiz Navroz bolsin! degan tilaklari xuddi yangitdan qulogimizga chalingandek tuyulsin, shunday xush kayfiyat siz, azizlarimga, butun el-yurtimizga doimo yor bolsin.

Bugun hayotga kirib kelayotgan, bilagi kuch-quvvatga tolib borayotgan yigit-qizlarimizning ochiq chehrasiga boqib, aytmoqchiman barchamiz bir narsani esimizdan chiqarmasligimiz zarur: xalqaro jamoatchilik Vatanimizning taraqqiyoti haqida, dunyoning rivojlangan demokratik davlatlari qatoriga kotarilishimizni avvalo siz, unib-osib kelayotgan yoshlarimizning salohiyati, bilimga chanqoqligi va ilmu fan choqqilarini ozlashtirishiga, yetuk va barkamol avlod bolib yetishingizga qarab, xalqaro jamoatchilik bizning nimalarga qodir ekanimizga baho beradi.

Shuning uchun ham biz ozligini, oz qadr-qimmatini, Vatani oldidagi oz burchini chuqur anglagan, oz oldiga baland marralar qoyib, dunyodagi barcha tengdoshlari bilan bellashuvga tayyor farzandlarimni bizning ishonchimiz va tayanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz, deb yuksak qadrlaymiz va siz yoshlarimizni ezozlab kamol toptirishda ozimizni hech qachon ayamaymiz.

Aziz va navqiron, kozni quvontiradigan bolalarim Navrozi olam barchangizga bahordek ochilish, baxt va omad, sevgi-muhabbat olib kelsin, eng ezgu orzularingizni royobga chiqarish sizga nasib etsin.

Aziz qadrdonlarim!

Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, xalqimiz omon bolsin!

Xonadonlarimizdan mehr-oqibat, fayzu baraka arimasin!

Tabarruk otalarimiz, munis onalarimizning umrlari uzoq bolsin, aka-ukalarimiz, opa-singillarimizning konglidagi pok niyatlari ijobat bolsin!

Navrozi olam barchamizga muborak bolsin!
20-03-2014, 10:26 | 1093
| |
: 0

advertisement