Har kunimiz Navroz bolsin!

: ,
Har kunimiz Navroz bolsin!
Har kunimiz Navroz bolsin!

Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston Milliy bogida Navroz bayrami tantanalari bolib otdi



Ona zaminimizni yam-yashil libosga burkab, ozining betakror korku jamoli, bahoriy nasimlari, qiru adirlarda kulayotgan boychechagu lolalari bilan yurtimizga Navrozi olam kirib keldi. Navroz bu tiniq osmon, yashil borliq, mehnat va muhabbat, gul va alyorlarning mushtarak ramzi. Atrofga sumalakning xush boyi, qir-adirlarda uloqchi otlarning magrur kishnashi, davralarda bel olishayotgan alp yigitlarning oktam hayqiriqlari, qoshlarini osma bezagan qizlar kulgusi taraladi.

Har kunimiz Navroz bolsin!

Vujudimizni hayotbaxsh umidlar qamrab oladi. Yangilanish fasli qalblarda aks-sado beradi. Ulug bunyodkorlikning abadiy qudrati oziga chorlaydi. Borliq inom etgan obodlik, poklik, yangilanish va yaratish zavqi odam va olamni boglaydi.

Yurtimizga uygonish, yangilanish va yasharish fasli ana shunday kirib keladi. Tabiat qudrati, birdamlik, bunyodkorlik va ezgulik timsoli Navroz boshlanadi.

19-mart. Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston Milliy bogi bayramona bezatilgan.

Bu yerga senatorlar va deputatlar, hukumat azolari, fan, madaniyat, sport va sanat namoyandalari, ishlab chiqarish ilgorlari, tadbirkorlar, tabarruk otaxonu onaxonlar, turli sohalarda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz, mamlakatimizda faoliyat korsatayotgan xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakillari tashrif buyurgan.

Soat 10:00. Maydonga Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov kirib keladi.

Bayram tantanasiga yigilganlar davlatimiz rahbarini qarsaklar bilan kutib oladi.

Chorlov musiqasi yangraydi.

Soz Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga beriladi.

Davlatimiz rahbari xalqimizni bahor, yangilanish va yasharish ramzi Navroz bayrami bilan muborakbod etadi.

Muazzam maydonning atrofida turfa ranglardagi bayroqchalar hilpiraydi, ulkan havo sharlari mayin epkinda tebranadi. Sahna tegrasida ornatilgan anvoyi gullar jonlanib, quyoshning zarrin nurlarida jilolanadi. Hayot abadiyligi timsoli bolgan charxpalaklarning bir maromda aylanishi, xalqimizning obod va fayzli xonadonlarini eslatuvchi sorilar, chappar urib gullagan oriklar, shox-shan uchayotgan qaldirgochlarning sasi yuraklarda ajib hislarni uygotadi.

Shunday faraxbaxsh damlarda ona tabiatda roy berayotgan yasharish, yangilanishlarni qalbidan otkazayotgan hamyurtlarimiz konglida shodlik, yana bir Navrozga, gozal hayotning bebaho nematlariga eson-omon yetganimiz, el-yurtimiz tinchligi va farovonligi uchun shukronalik tuygulari josh uradi.

Maydon uzra karnay-surnay va nogoralar sadosi yangraydi, jarchilarning chorlovi bayram boshlanganidan darak beradi. Goyo ularning sadosi ona zaminni qish uyqusidan uygotib, borliqqa bahor sepini yoyganidan xabardor qiladi.

Fasli navbahor oldi, ketibon zimistonlar.... Kongillarga bahoriy iliqlik, koklam sururini baxsh etgan sehrli ohanglar ogushida yurtimizning husn-malohatda tengsiz tabiati, betakror qadimiy obidalariyu zamonaviy memorchilik ananalari asosida qad rostlagan muhtasham imoratlari, shahar va qishloqlarimizning korku tarovatli qiyofasi koz ongimizda gavdalanadi.

Xalqimiz azaldan tabiat uygonadigan, yil yangilanadigan, dillarda yangi orzu-umidlar tugiladigan kunni katta shodu xurramlik, bunyodkorlik va yaratuvchilik ishlari bilan kutib olgan. Ota-bobolarimiz Navrozga pokizalik, yaxshi orzu-niyatlar bilan peshvoz chiqqan. Chunki tozalik, saranjom-sarishtalik bor joyda qut-baraka, sihat-salomatlik boladi.

Bu yilgi bayram ham diyorimizning barcha shaharu qishloqlari, ovul va mahallalarida fusunkor va keng miqyosda umumxalq sayillari tarzida kotarinki ruhda nishonlanayotir.

Prezidentimiz Islom Karimovning joriy yil 24-fevralda qabul qilingan 2014-yilgi Navroz umumxalq bayramiga tayyorgarlik korish va uni otkazish togrisidagi qarori eng ardoqli va asl milliy bayramimizni munosib kutib olish uchun asos boldi.

Ushbu qarorga muvofiq yurtimizning barcha goshalarida eng qadimiy bayramimizni milliy qadriyatlarimizga hamohang ravishda xalq sayillari tarzida nishonlashga qaratilgan Har kunimiz Navroz bolsin! degan goyani ozida mujassam etgan keng kolamli tadbirlar amalga oshirildi.

Bahorning dastlabki kunlaridan yurtimizda obodonlashtirish va kokalamzorlashtirish ishlari avjiga chiqdi. Qishning rutubatli kunlaridan song uy-joylar saranjom-sarishta qilindi. 15-mart kuni mamlakatimiz boylab uyushtirilgan umumxalq xayriya hasharida mahalla va kochalar tozalandi, xiyobonu boglar, korxona va tashkilotlar atrofi obodonlashtirildi. Tabarruk qadamjolar, qabristonlar tartibga keltirilib, mevali va manzarali daraxtlar, gul kochatlari otqazildi. Kam taminlangan oilalar, yolgiz keksalar, nogironlar holidan xabar olindi, uylari tartibga keltirilib, bayram sovgalari ulashildi. Bularning bari mehr-oqibat, muhtojlarga gamxorlik korsatish, insonparvarlik goyalari jamiyatimizning ustuvor maqsadiga aylanganidan darak beradi...

...Sahnaga kelajagimiz egalari bolajonlar kirib keladi. Ular ozlarining shox-shodon qoshiqlari, jozibador raqslari bilan bolalik olamining gozal va baxtiyor onlarini madh etadi.

Farzandlari soglom yurt qudratli bolur, qudratli yurtning farzandlari soglom bolur. Davlatimiz rahbarining ana shu goyasini hayotga tatbiq etish maqsadida mustaqillikning ilk yillaridanoq mamlakatimizda soglom va barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga kotarildi. Barcha say-harakatlarimiz jismonan baquvvat, fikri soglom, imon-etiqodi butun, bilimli, manaviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodlarni tarbiyalab voyaga yetkazishga qaratilgan.

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2014-yil mamlakatimizda Soglom bola yili, deb elon qilingani ana shu gamxorlikning amaldagi yana bir yorqin ifodasi boldi.

Davlatimiz rahbari rahnamoligida ona va bola salomatligini muhofaza qilish, har jihatdan soglom avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan Soglom ona soglom bola dasturi doirasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Bolalarning soglom tugilishi va soglom ulgayishi uchun sharoit yaratish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, talim tizimini takomillashtirish, bolalar sportini rivojlantirish kabi sohalardagi izchil islohotlar bir-birini toldirib, uzviy tizim shaklini oldi. Bugun zamonaviy tibbiy markazlar, talim muassasalari, sport inshootlari har jihatdan soglom va barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Songgi on yilda davolash-profilaktika muassasalarini modernizatsiya qilish va eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlash uchun 750 million AQSh dollaridan ziyod mablag yonaltirildi.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizning 92 foiz ogil-qizlari rivojlanish korsatkichlari boyicha Jahon sogliqni saqlash tashkiloti standartlariga tola mos keladi. Save the Shildren xalqaro tashkiloti reytingiga kora, Ozbekiston dunyodagi bolalar salomatligi togrisida eng kop gamxorlik korsatadigan onta mamlakat qatoridan joy oldi.

Mamlakatimizda soglom, barkamol avlodni voyaga yetkazishning asosiy vositasi sifatida sportni rivojlantirishga alohida etibor qaratilmoqda. Yurtboshimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan uch bosqichli uzluksiz sport tizimi "Umid nihollari", "Barkamol avlod", Universiada sport musobaqalari navqiron avlodni sportga keng jalb etish bilan birga Vatanimiz bayrogini xalqaro maydonlarda baland kotaradigan sportchilarni kashf etishda goyat katta ahamiyat kasb etayotir. Bolalar sportini rivojlantirish borasida mamlakatimizda yaratilgan tizim va toplangan tajriba jahonda kopchilikda qiziqish va havas uygotmoqda.

Bu boradagi keng kolamli say-harakatlar samarasi farzandlarimizning salomatligida, jismoniy korsatkichlarida ham namoyon bolmoqda. Ortacha vazn korsatkichi 14 yoshgacha bolgan ogil bolalar ortasida 43 kilogrammdan 47 kilogrammga, qizlar ortasida esa 44 kilogrammdan 48 kilogrammga ortgan. Bolalarning boyi ogil bolalar ortasida ortacha 3 santimetrga, qizlar ortasida esa 2,9 santimetrga osgani xalqimizning soglom bolani tarbiyalash borasidagi ezgu orzu-umidlari ushalayotganidan dalolat beradi.

...Sahnani toldirgan bolakaylarning chiqishlarida ham bu jihatlar oz ifodasini topadi. Ularning maydon uzra yangrayotgan shox-shodon kulgilari, ona Vatanni, koklamni, baxtiyor bolalikni, mustaqil yurt farzandlarining begubor va quvnoq damlarini madh etuvchi jarangdor kuy-qoshiqlari, jozibador raqslari barchaga zavq-shavq ulashadi...

Tinchlik va osoyishtalik, ahillik va birdamlik hukmron, fidoyilik, izlanish, tashabbus va halol mehnat qadrlangan yurtda qut-baraka boladi. Buni mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlik, yuksalish suratlari davom etayotganida yaqqol korish mumkin. Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samarasida 2013-yilda aholi turmush darajasini izchil yuksaltirish taminlandi, Ozbekistonning dunyo bozoridagi pozitsiyasi mustahkamlandi. Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga osdi.

Yangi ish joylari tashkil etish, ayniqsa, yoshlarni va xotin-qizlarni ish bilan taminlashga qaratilgan etibor natijasida aholi turmush darajasi yuksalib bormoqda. Otgan yili bir millionga yaqin yangi ish orni yaratildi, aholining real daromadlari miqdori muttasil kopayishiga erishildi.

Ijtimoiy sohani isloh etish borasida amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar jarayonida qishloqlar qiyofasini tubdan ozgartirish, namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurish, qishloqda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish hisobidan aholi hayot darajasini yanada yaxshilashga alohida etibor qaratilmoqda.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida zamonaviy uy-joy qurish dasturining amalga oshirilishi natijasida 2009-2013-yillarda mamlakatimizning 159 qishloq tumanida 900 dan ortiq yangi uy-joy massivlari barpo etildi, 33,5 mingdan ziyod yakka tartibdagi uy-joy qurildi. Bular Prezidentimiz rahnamoligida Vatanimizni har tomonlama obod qilish, erkin va farovon hayot barpo etishdek oliy maqsad yolida amalga oshirilayotgan beqiyos ishlarning amaldagi ifodasidir.

Bu 2013-yil 16-17-aprel kunlari mamlakatimizda bolib otgan Zamonaviy uy-joy qurilishi qishloq joylarini kompleks rivojlantirish va qiyofasini ozgartirish hamda aholi hayotining sifatini yaxshilash omili mavzusidagi xalqaro konferensiyada nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari, uy-joy qurilishi sohasidagi yirik kompaniyalar rahbarlari, yetakchi mutaxassislar tomonidan etirof etildi.

Darhaqiqat, davlatimiz rahbari Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning ozbek modelining oziga xos jihatlaridan biri qishloqlarimizni izchil rivojlantirishga alohida ahamiyat berilayotganidadir. Zero, Yurtboshimiz takidlaganidek, barchamizning ildizimiz, tomirimiz avvalambor qishloq zaminiga borib taqaladi.

Bugungi kunda yurtimizning barcha hududlarida namunaviy loyihalar asosida xalqimizning milliy hayot tarzi, hududlarning tabiiy iqlim sharoiti, shu bilan birga, zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya tizimlari bilan uygun holda, bahavo, keng, qulay va yorug qilib bunyod etilayotgan uy-joylar qishloq aholisining munosib hayot kechirish borasidagi orzularini royobga chiqarmoqda. 2013-yilda 353 qishloq massivida barpo etilgan 10 mingta shinam uylar minglab oilalar hayotida ana shunday yangi davrni boshlab berdi.

...Sahna tegrasidagi yirik monitorlarda yurtimizda erkin va farovon hayot barpo etish, xalqimizning, shu zaminda yashayotgan har bir insonning orzu-niyatlarini royobga chiqarish, qishloqda turmush darajasini yuksaltirish maqsadida izchillik bilan amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning samaralari aks etgan tasvirlar bayram ishtirokchilari qalbida erishgan yutuqlarimizdan faxrlanish va mamnuniyat tuygularini josh urdiradi...

Bu yilgi Navroz tantanalarida Qoraqalpogiston Respublikasi va viloyatlarning badiiy-folklor va etnografik jamoalari chiqishlariga keng orin berilgan. Har bir hududning rang-barang dasturlarida uning oziga xos ananalari, laparu olanlari, raqs va hazil-mutoyiba, baxshilar aytishuvi ijro etildi. Hur diyorimizda bir tanu bir jon bolib yashayotgan barcha millat va elatlar vakillarining badiiy chiqishlari qalblarni faxrga toldirdi.

Istiqlol yillarida milliy musiqamizni chuqur organish va rivojlantirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Shashmaqom, Katta ashula, Navroz insoniyatning eng durdona kashfiyotlari sifatida YuNESKOning Butunjahon nomoddiy merosi royxatiga kiritildi. Bu xalqimizning ming yillik qadriyatlari umuminsoniy sivilizatsiya rivojiga ulkan hissa qoshgani, odamzotni ezgulikka, birdamlikka, tinch-totuv yashashga, tabiatning abadiy muvozanatini asrashga undab kelayotganining yuksak etirofidir.

...Maqom, folklor-etnografik ansambllarining chiqishlarida, turfa raqslarda, xalq oyinlarida kop ming yillik tarixga ega, gozal va betakror bayramimizning noyob qirralari oz aksini topgan.

Yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik mustaqillik yillarida Prezidentimiz rahnamoligida xalqimiz erishgan eng buyuk yutuqdir. Ulug ajdodlarimiz tinch mamlakat baxtli, saodatli mamlakatdir, deb bejiz aytmagan. Zero, tinchlik hukmron yurtdagina inson buyuk va ezgu orzularni kongliga tugishi hamda ularning ushalishidan qalbi quvonchga tolishi, oz iqtidori, qobiliyati va salohiyatini tola namoyish etishi mumkin.

Yurti tinch, kongli xotirjam xalqqa toy va tantanalar yarashadi. Xalqimiz bu oliy nematni doim uluglab kelishining, Yaratgandan doimo tinchlik va osoyishtalik, farovonlik va obodlik tilashining sababi shunda. Prezidentimiz Islom Karimov tabiri bilan aytganda, Ozbekistonimiz mustaqil taraqqiyot yolida qanday ulkan, boshqalarning havasini tortadigan yutuq va marralarga erishgan bolsa, bularning barchasining negizi yurtimizda tinch va osuda hayot, millatlar va fuqarolararo totuvlik, ozaro mehr-oqibat va hamjihatlikni asrab-avaylab kelayotganimizdadir.

Ozbekistonda har bir bayram kotarinki ruhda nishonlanadi, deydi Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Fumixiko Kato. Navroz bayramining oziga xos shukuhi meni maftun qildi. Bayram tantanasidagi ulugvorlik, odamlar yuz-kozidagi quvonch va shodlik yurtingizdagi tokinlik, farovonlik va osuda hayotdan darak berib turibdi.

...Xalqimiz Navrozni har yili ozgacha soginch, intiqlik bilan kutib oladi. Yoshu qari kocha va xiyobonlarga, sayilgohlarga, qiru adirlarga intiladi. Sayil qizigandan qiziydi: baxshilar dombira chertadi, hofizu xonandalar xonish qiladi, terma va laparlar yangraydi, askiyachi va qiziqchilarning hangomayu payrovlari kongillarga shodlik ulashadi. Kishilar dorbozlar bahsi, masxarabozu qogirchoqbozlarning tomoshalari, poyga, uloq-kopkari, kurash, merganlik musobaqalaridan zavqlanadi.

Navroz bizni tabiatga yanada yaqinlashtiradi. Barcha say-harakatlar inson uchun, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, yuksalish va farovonlik uchun xizmat qilishiga ishonch-etiqodimizni oshiradi, deydi Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Tinchlik mahalla fuqarolar yigini raisining diniy marifat va manaviy-axloqiy tarbiya masalalari boyicha maslahatchisi Gulsara Usmonova. Bu yilgi Navroz tantanalarida Soglom bola yilining olijanob maqsadlari mujassam etilgandir.

Navroz biz uchun bunyodkorlik va yaratuvchilik bayrami sifatida ham qadrlidir. Navrozdan Navrozgacha mamlakatimizda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi. Bu ezgu anana bu yil ham davom etdi. Umumiy qiymati 2 milliard 700 million AQSh dollaridan iborat bolgan ishlab chiqarish yonalishidagi 150 loyihani amalga oshirish ishlari nihoyasiga yetkazildi. Toshkent va Namangan viloyatlarida zamonaviy toqimachilik komplekslari, Jizzax va Xorazm viloyatlarida toquv-yigiruv, Samarqand viloyatida sport poyabzallari ishlab chiqarish korxonalari foydalanishga topshirildi.

2013-yilda 146 zamonaviy tibbiyot muassasasi foydalanishga topshirildi. 756 talim maskani, musiqa va sanat maktablari, bolalar sporti obyektlari yangidan qurildi, rekonstruksiya qilindi va kapital tamirlandi.

Mamlakatimiz avtomobilsozlari Soglom bola yilida yana bir yangi avtomobil Chevrolet Orlando oilaviy minevenini ishlab chiqarishni yolga qoydi. Bunday say-harakatlar mohiyatida yurtdoshlarimizning turmush tarzini yanada yaxshilash, farovon va tokin hayotni taminlashga intilishdek ezgu niyatlar mujassam.

...Muazzam sahnada sanat ustalari, yosh ijrochilarning ona yurtni, istiqlolni, yangilanish va yasharish ayyomini, muhabbatni madh etgan chiqishlari qalblarni tolqinlantiradi. Musiqiy ohanglar, diltortar raqslar, betakror sahna manzaralari kishiga zavq-shavq bagishlaydi. Bunday shukuhli damlarda Vatanga muhabbat va sadoqat, ozgalarga mehr-oqibat korsatish tuygusi jonu tanimizga yanada teranroq singayotgandek.

Bayram tantanalari suniy yoldosh orqali koplab xorijiy mamlakatlarga togridan-togri uzatilgani istiqlol yillarida xalqimiz erishgan ulkan yutuqlar, Vatanimiz tinchligi, el-yurtimiz taraqqiyoti va farovonligi yolida amalga oshirilayotgan ulugvor ishlarning amaldagi yana bir yaqqol namoyishi boldi.

Bugun yurtimizda, uning barcha shahar va qishloqlarida Navroz sayli, shodiyonalar davom etmoqda.

manba: www.uza.uz
20-03-2014, 10:34 | 2056
| |
: 0

advertisement