Prezident Islom Karimovning Navroz bayramiga bagishlangan tantanali marosimdagi tabrik sozi

: »
Prezident Islom Karimovning Navroz bayramiga bagishlangan tantanali marosimdagi tabrik sozi
Prezident Islom Karimovning Navroz bayramiga bagishlangan tantanali marosimdagi tabrik sozi
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!
Muhtaram mehmonlar!
Tabiat uygonib, bahor nafasi tobora kuchayib, ona zaminimiz yashil libosga burkanib borayotgan shu yorug va munavvar kunlarda siz azizlarni, sizlarning timsolingizda butun Ozbekiston xalqini yurtimizga kirib kelayotgan Navrozi olam yangilanish va yasharish bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etishdan baxtiyorman.
Navroz ayyomi barchamiz uchun sharqona yangi yil debochasi, serhosillik va qut-baraka goyasini ozida mujassam etadigan, bizning milliy tabiatimiz va qadriyatlarimizdan ajratib bolmaydigan, har qanday siyosatdan xoli, eng qadimiy, eng sevimli bayramimizdir.
Bundan ming yillar avval, kohna Avesto yaratilgan zamonlarda ham bizning ajdodlarimiz bu dilbar fasl kunlari Sirdaryo va Amudaryo boylarida, cheksiz Turonning qishloq va kentlarida, dashtu dalalarda tabiat bilan tillashib, Navroz nashidasini surganlar, qosh haydab, dalaga don sochib, tinchlik-omonlik tilab, yangi orzu-niyatlar bilan yashaganlar.
Navrozi olam tom manoda ozining ruhi va goyalari bilan insonning doimo ona yer va tabiat bilan hamnafas bolib yashashi, har qaysi odamning qalbida, uning dini va millatidan qati nazar, yashamoq va yaratmoq intilishlarini uygotish, ahillik va birdamlik tuygularini mustahkamlash uchun xizmat qilib kelmoqda.
Buning yaqqol isboti shu kunlarda yurtdoshlarimizning bagrini keng ochib, tabiatdan bahra olib, sumalak va halim, goja va koksomsa kabi bahoriy nematlar tortilgan dasturxonlar atrofida, yashil maydon va kokalamzorlarda sayil-tomoshalar qilib, Navroz ayyomini shodu xurramlik bilan kutib olayotganida, nishonlayotganida namoyon bolmoqda.
Odamlar ortasida mehr-oqibat, shafqat va muruvvat, keksalarning duosini olish, kongli yarim, yetim-yesirlarning boshini silash, nogiron va muhtoj oilalarga beminnat yordam berish kabi xalqimizga mansub ajoyib fazilat va savobli ishlar har qaysi mahalla va goshada ozining aksini topmoqda.
Navroz faslida turli nizo va adovatlar unutiladi, har qaysi inson oz oila azolarini, qadrdonlarini bagriga bosib, tanish-bilishlarini qutlab, ularga soglik-omonlik, tinchlik-osoyishtalik tilaydi, osmonimiz hamisha musaffo bolishini istaydi.
Shu munavvar damlarda xalqimizning barcha orzu-umidlari, qalbi va vujudi Navroz ruhi va goyalariga hamohang, uygun va mushtarak bolib rivoj topayotganiga ona yurtimizda yashayotgan har qaysi inson yana va yana bir bor iqror boladi.
Aynan shuning uchun bu betakror va gozal ayyomni el-yurtimiz orziqib kutadi, oz soginchlarini va orzu-istaklarini, yorug chehrasini namoyon etishga intiladi.
Aynan shuning uchun Navrozimizni otmish va yaqin tariximizda ne-ne mustabid tizimlar har qancha urinmasin, bizdan ozbek xalqidan tortib ololmadi.
Hech shubhasiz, aytish mumkin: avvalo xalqimizni oz ota-bobolarining olmas qadriyatlariga, urf-odatlariga bolgan sadoqati, iroda va qatiyati tufayli Navrozi olam, mana, ming yillar davomida yurtimizda bezavol, abadiy yashab kelmoqda.
Bunday oriyatli, ozligini, oz qadr-qimmatini yuksak baholaydigan ulug xalqning farzandlari, davomchilari ekanimizni his etib, barchamizning qalblarimiz beixtiyor gurur va iftixorga toladi, desam, shu muhtasham maydonda toplangan siz, azizlarning fikri-zikringizni aytgan bolaman.
Muhtaram vatandoshlar!
Uzoq davom etgan qish qahratonidan song oftobning charogon chehrasini korib, begubor koklam havosidan nafas olar ekan, har bir odam xuddiki qaytadan tugilib, ozini, dunyoni yangitdan kashf etayotgandek his qilishi tabiiydir.
Shu manoda, bu yilgi bahor faslini hammamiz har qachongidan ham soginib, intizorlik va quvonch bilan kutib olayotganimiz bularning barchasi mamlakatimizda Mustahkam oila yili deb nom olgan 2012 yilda ham kozlangan marralarimizni albatta qolga kiritamiz, degan ishonch tugdiradi.
Joriy yilda ham boshlagan ezgu ishlarimizni, demokratik va erkinlashtirish islohotlarini davom ettirish, aholimizning daromadi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarini kopaytirish hisobidan xalqimizning hayot darajasi va sifatini yangi bosqichga kotarishga erishamiz, inshoollo.
Bu yilning yurtimizga sernam kelishi, kuzda ekkan ekinlarimiz tobora kuchga tolib, boy chozayotgani, yangi mavsumga chuqur tayyorgarlik korganimiz, nasib etsa, fidoiy va zahmatkash bobodehqonlarimizning orzu-umidlari albatta ushaladi, hosilimiz mol boladi, deb ishonch bildirish uchun asos bolib xizmat qiladi.
Xalqimiz azal-azaldan yoshlikni umr bahori, deb tariflaydi, farzandlariga atab nihol ekib, bog yaratadi. Bugun Alisher Navoiy bobomizning muborak siymosi qad rostlagan shu azim bogda toplanib otirgan, bilagi kuchga tolib, kozlari gayratdan yonib turgan, hech kimdan kam bolmasdan voyaga yetayotgan yoshlarimizga qarata qalbimdan, yuragimdan chiqadigan samimiy tuygularimni izhor etmoqchiman:
Shu aziz va muqaddas Vatanimiz sizlarga, sizlarning har biringizga ishonadi.
Ana shunday yuksak ishonch barchangizga madadkor bolsin, kuch-quvvat bersin. Shu ishonchga hamisha munosib boling, aziz farzandlarim!
Fursatdan foydalanib, mana shu nurafshon va shukuhli ayyomda bizga hamroh va xayrixoh bolgan, dostlik qolini uzatgan barcha mamlakatlar va xalqlarga, uzoq-yaqin qoshnilarimizga bagrimizni keng ochib, samimiy salom va tabriklarimizni yollaymiz.
Bugungi shodiyonamizda ishtirok etayotgan chet davlatlarning muhtaram elchilari va xalqaro tashkilotlarning vakillariga, barcha hamkor va sheriklarimiz, xorijiy dostlarimizga minnatdorlik bildirib, ularni Navrozi olam bilan chin dildan tabriklashga ijozat bergaysiz.
Aziz va muhtaram vatandoshlarim!
Bugun mana shu gozal va betakror maydonda toplangan siz, qadrdonlarimga, sizlar orqali butun xalqimizga yana bir bor chuqur hurmat-ehtiromimni va samimiy tilaklarimni bildirmoqchiman.
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bolsin!
Har bir xonadonning dasturxoni tokin-sochin, har bir oila mustahkam bolsin!
Har bir insonning baxtu saodati ziyoda bolsin!
El-yurtimizni xavfu xatarlardan, balo-qazolardan Yaratganning ozi asrasin!
Navrozi olam barchamizga muborak bolsin!
22.03.2012
http://uza.uz/uz/
23-03-2012, 12:20 | 1833
| |
: 0

advertisement