Prezident Islom Karimovning Ozbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma bir yilligiga bagishlangan tantanali marosimdagi tabrik sozi

: , , , ,
Prezident Islom Karimovning Ozbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma bir yilligiga bagishlangan tantanali marosimdagi tabrik sozi
Aziz vatandoshlar!

Muhtaram mehmonlar!

Bugun biz mamlakatimiz hayotidagi unutilmas tarixiy voqea Ozbekistonimiz mustaqillikka erishgan kunning yigirma bir yilligini nishonlamoqdamiz.



Ana shu buyuk sana bilan, xalqimiz asrlar davomida intilib, orziqib kutgan, haqiqatan ham, barchamiz uchun eng ulug, eng aziz bayram bolmish Ozbekistonning Mustaqillik kuni bilan siz azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklash men uchun katta baxtdir.

Men ishonaman asrlar, zamonlar otar. Ammo barchamizga ozligimizni anglash, insoniy shanimizni, qadr-qimmatimizni, oz yurtimizga egalik qilish huquqini, tilimiz, muqaddas dinimizni, qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni qaytarib bergan bu ulug ayyom Vatanimiz tarixida oltin sahifa bolib, abadiy saqlanib qolajak.
Qadrli yurtdoshlarim!

Oz-ozidan ayonki, kishilik tarixida, dunyo xaritasida davlatlar shakllanishida yigirma bir yil juda qisqa muddatdir. Lekin Ozbekistonimiz shu davr mobaynida, hech shubhasiz, yuz yillarga teng bolgan masofani bosib otdi.

Biz eski mustabid tuzum, uning asoratlari va mafkurasidan butunlay voz kechib, tobelik va qaramlik davriga barham berib, kechagi nochor, ozini ozi boqishga kuchi yetmagan olkadan bugun ozining kuch-qudrati va salohiyatiga tayangan, oz sarhadlari, xalqining tinch va osuda hayotini himoyalashga qodir bolgan, xalqaro hamjamiyatda munosib orin egallagan, tez va barqaror suratlar bilan osib borayotgan mustaqil va suveren davlatlar qatoriga kotarilganimizni yaqqol namoyon etmoqdamiz.

Otgan davr mobaynida biz oldimizga qoygan buyuk vazifa zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar safiga kirish, fuqarolik jamiyati barpo etish, hayotimizni, iqtisodiyotimizni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan qolga kiritgan yutuq va yuksak marralarimizning xalqaro maydonda etirof etilayotganini, Vatanimiz salohiyati, moddiy, iqtisodiy va intellektual kuch-qudratimiz tobora oshib, shahar va qishloqlarimizning qiyofasi va chehrasi ozgarib, ochilib borayotganini bugun hech kim inkor etolmaydi.

Kopchilikni hayratda qoldirayotgan bunday haqiqatni tasdiqlab beradigan kopgina raqam va malumotlarni keltirish qiyin emas.

Shular qatorida istiqlol yillarida Ozbekiston iqtisodiyoti qariyb 3,7 barobar, aholimizning real daromadlari jon boshiga 7 barobar, ortacha pensiya miqdori qariyb 9 barobar, oylik ish haqi esa 18 barobar oshgani, odamlarimizning umr korish darajasi ortacha 7-yilga uzaygani, yoqilgi va galla mustaqilligiga, ozimizni ozimiz gosht, sut va boshqa istemol mollari bilan toliq taminlashga erishganimiz bularning yaqqol tasdigidir.

Bularning barchasi avvalo mustaqillikka erishgan birinchi kunlardan boshlab Islohot islohot uchun emas, avvalo inson uchun degan prinsipni hayotga tatbiq etganimizning amaliy samarasi, desak, hech qanday xato bolmaydi.

Otgan yillar mobaynida yurtimizda uy-joy hajmining korsatkichi qariyb 2 barobar oshgani, oilalarning 98,5 foizi ozining shaxsiy uy-joyi yoki kvartirasiga, qishloqlarda yashayotgan oilalarning 97,5 foizi shaxsiy tomorqasiga ega bolganini ayni shu maqsadda amalga oshirgan milliy dasturlarimizning natijasi deb qabul qilamiz.

Bundan yigirma bir yil oldin har onta oiladan bor-yogi bittasi shaxsiy mashinaga ega bolgan bolsa, bugungi kunda har uchta oilaning bittasida avtomobil mavjud ekani, har uch nafar yurtdoshimizdan biri internet tarmogidan foydalanib kelayotgani xalqimizning farovonligi tobora ortib borayotgani, uning emin-erkin yashayotganini namoyon etadi.

Shu borada yana bir misol keltirish orinlidir.

Bugun barcha davlatlarni katta tashvishga solayotgan, hali-beri davom etayotgan, jahon miqyosida eng dolzarb, eng ogir masala bolib turgan moliyaviy-iqtisodiy inqirozni hisobga olgan holda, Ozbekiston oxirgi yetti yil davomida dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida ortacha 8-8,5 foiz iqtisodiy osishga erishayotgani mamlakatimiz salohiyati barqaror rivojlanib borayotganining yaqqol dalilidir.

Barchamiz Vatanimizni ravnaq toptirish yolida erishgan marralarimizni dastlabki qadamlar sifatida qabul qilib, bir haqiqatni chuqur anglab olishimiz darkor.
Bugun shiddat bilan tez ozgarayotgan globallashuv davrining keskin talablariga, dunyo bozorida tobora kuchayib borayotgan shafqatsiz raqobat kurashiga bardosh bera oladigan, faqat qatiyatlik bilan oldinga intilayotgan, ozining uzoqni kozlagan taraqqiyot strategiyasiga ega bolgan davlatgina rivojlanishning katta yolida oz ezgu maqsadlariga erishmogi mumkin.

Zamonning ozi ortaga qoyayotgan ayni shunday otkir talablarni inobatga olgan holda, bizning oldimizda turgan eng ustuvor vazifamiz boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, jamiyatimizning barcha jabhalarini erkinlashtirish jarayonlarini yangi bosqichga kotarish, hayotimizning darajasi va sifatini yanada yuksaltirishdir.

Biz uchun bebaho boylik bolmish tinchlik va osoyishtalikni, jamiyatimizdagi mehr-oqibat, fuqarolar va millatlararo totuvlik va hamjihatlikni koz qorachigidek asrab-avaylash hamisha etiborimiz markazida turishi lozimligini aslo unutmasligimiz kerak.

Bugungi notinch va murakkab zamon, yaqin va uzoq yon-atrofimizda, mintaqamizda kopdan buyon davom etayotgan nizo va qarama-qarshilik, tobora keskinlashib borayotgan vaziyat bizning doimo ogoh, doimo hushyor, sergak va sezgir bolib yashashimizni, xavfsizligimizga tahdid solayotgan har qanday balo-qazoning oldini olishimizni talab etmoqda.

Mustaqil taraqqiyot yolida amalga oshirgan, ongu shuurimizni, hayotimizni tubdan ozgartirgan ishlarimizga baho berar ekanmiz, biz erishgan yutuq va marralarni qolga kiritish oson bolmaganini takidlashimiz orinlidir.

Bu yolda el-yurtimiz qanday murakkab va tahlikali sinov, tosiq va govlarni yengishda turli yovuz va zoravon harakatlar oldida bosh egmasdan, oz etiqodidan qaytmasdan kelgani, avvalo ozining mehnatsevarligi, mardligi va matonati hisobidan bugungi yorug kunlarga yetib kelganimizni hech qachon unutmasligimizni istardim.

Hozirgi kunlarda ham bizning tanlagan yolimizga shubha tugdirish, kechagi davrni kormagan, tajribasi yetarli bolmagan yoshlarni yoldan ozdirishga, istiqlolimizning mano-mazmunini soxtalashtirishga, bizni yana eski qolip va tobelikka qaytarishga urinadigan kuchlar va harakatlar kam emas.
Lekin bu kuchlar bir haqiqatni anglab olishi kerak. Bugun biz kechagi 90-yillardagi ota sodda, hech qanday siyosiy tajribaga ega bolmagan odamlar emasmiz.
Biz bugun mustaqillik yillarida katta qiyinchilik va sinovlarda toblangan, dunyoqarashi, siyosiy va fuqarolik saviyasi, ijtimoiy faolligi osib borayotgan, ozbekona aytganda, biz bugun oqni qoradan ajrata oladigan xalqmiz.

Bizning xalqimiz, avvalo, yigirma bir yil davomida voyaga yetgan, mustaqil fikrlashga, yuksalib borayotgan ongu tafakkurga ega bolgan navqiron avlodimiz porloq kelajagimizga katta ishonch bilan qaraydi va oz tanlab olgan yolidan hech qachon men takror aytaman hech qachon ortga qaytmaydi.

Bugun jahon hamjamiyati bilan hamqadam bolib, uzoq va yaqindagi xorijiy mamlakatlar bilan dostlik, hamkorlik va ozaro manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlash, chet el investitsiyalarini va eng zamonaviy texnologiyalarni olib kelish maqsadida yurtimizda qulay iqlim va imtiyozli sharoitlarni yanada kengaytirish, bizga xayrixoh bolgan davlatlar bilan sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga kotarish bularning barchasi doimo diqqatimiz markazida bolishi shart.

Fursatdan foydalanib, shu muazzam maydonda jam bolgan xorijiy mamlakatlarning elchilari va xalqaro tashkilotlarning vakillariga, barcha mehmonlarimizga bugungi tantanamizda bayram quvonchini biz bilan baham korayotganlari uchun sizlarning nomingizdan, butun xalqimiz nomidan minnatdorlik bildirishga ruxsat etgaysiz.

Bugungi shukuhli damlarda bizning tayanchimiz va suyanchimiz, umidimiz bolmish yoshlarimizga qarata aytmoqchiman:

Qadrli farzandlarim, hech qachon unutmang:

Siz kimning, qanday ulug zotlarning avlodisiz!

Siz qanday noyob va betakror meros vorislarisiz!

Oz kuch-gayratingiz, bilim va qobiliyatingizga, buyuk Vatanimiz qudratiga suyanib, marrani baland oling, aziz bolalarim!

Sizning erishadigan har bir galabangiz yurtimiz galabasi, Ozbekiston galabasidir!

Azizlarim, qadrdonlarim!
Barchangizni bagrimga bosib, Mustaqillik bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklab, sizlarga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Bugun mana shunday yorug kunlarga yetkazgan, ezgu ishlarimizda Ozi madadkor bolgan Yaratganimizga shukronalar aytamiz.

Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bolsin!

Mustaqilligimiz abadiy bolsin!
3-09-2012, 16:25 | 4102
| |
: 0

advertisement